Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
EHTIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARDA O‘RGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2026-yil 12-martdagi VII-20-18-8-109-K/26-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur qaror ijrosi doirasida 22-Zartepa saylov okrugi deputati Yarmatov Muhiddin o‘z saylov okrugidagi "Zartepa" mahallasida bo‘lib, ijtimoiy reyestrga kiritilgan va ko‘makka muhtoj fuqaro Boboqulova Mahbuba xonadonida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida xonadonning bugungi holati ko‘zdan kechirilib, bajarilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta'mirlash ishlari yuzasidan mas'ullar bilan muhokamalar olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Kengash qaroriga muvofiq tumandagi I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a'zosi mavjud bo‘lmagan 10 ta ehtiyojmand oilaning uy-joylarini ta'mirlash va energiya samaradorligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘lari ajratilgan


Xonadon egalari bilan suhbatda ularning fikr va istaklari tinglandi. Kotibiyat mudiri tomonidan qurilish va jihozlash ishlarini sifatli tashkil etish, har bir soʻm mablagʻni oʻz muddatida va manzilli yetkazish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq vakillari va Kengash masʼullari tomonidan okruglardagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Maqsadimiz bitta — tumanimizda inson qadrini ulugʻlash va eng muhtoj oilalarga munosib shukurona hayot kechirishlari uchun sharoit yaratish!

Slide 1 of 6