Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Azimova Bekobod tumani Adliya bo‘limi huzurida faoliyat yuritayotgan "Madad" huquqiy maslahat markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida markaz faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bepul huquqiy maslahat xizmatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda aholining huquqiy xabardorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, fuqarolarga sifatli va tezkor huquqiy yordam ko‘rsatish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Huquqiy maslahat va ochiq muloqot — fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlashning muhim kafolatidir.