Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🏥 Tibbiy xizmat sifati – deputat nazoratida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S. Lyu navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganish maqsadida Isfara MFY hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida (OSHP) bo‘ldi.

O‘rganish davomida muassasaning faoliyati, aholiga yaratilgan tibbiy xizmatlar, mavjud shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga oid masalalar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, sessiya muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

🌿 Aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4