Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

“Deputat yon daftari” — muammolarni tizimli yechimga aylantirish vositasi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 20–Oltinko‘l saylov okrugi deputati K.Mamanova hamda tuman hokimining o‘rinbosari F.Kubayev Oltinko‘l mahallasi fuqarolari tomonidan yo‘l masalasi yuzasidan bildirilgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘lning mavjud holati ko‘zdan kechirilib, murojaatda ko‘rsatilgan muammolar atroflicha tahlil qilindi. Deputat tomonidan mazkur muammo Deputat yon daftariga belgilangan tartibda kiritildi.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi hamda muammoning ijobiy hal etilishi deputat tomonidan doimiy nazorat qilinadi.

Slide 1 of 5