Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisiga my.gov.uz platformasi orqali kelib tushgan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisiga my.gov.uz platformasi orqali kelib tushgan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

📎 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayevaning my.gov.uz platformasi orqali kelib tushgan Olmazor tumani "Hastimom" MFY Olcha ko'chasi, 3-tupik, 23-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Usmanovaning murojaati yuzasidan joyiga chiqilib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova, “Xastimom” MFY xotin-qizlar faoli M.Azizova va mahalla fuqarolari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.

✍️ Murojaat mazmuniga ko‘ra, mahalla hududidagi qarovsiz yerdan samarali foydalanish maqsadida ushbu hududda zamonaviy futbol maydonchasi hamda bolalar o‘yin maydonchasini barpo etish taklifi ilgari surilgan. O‘rganish davomida hududning mavjud holati, yer maydonining huquqiy maqomi va undan foydalanish imkoniyatlari joyida ko‘zdan kechirildi.

🗓 Mazkur masalani qonunchilik talablari asosida hal etish, yer maydonining kadastr hujjatlarini aniqlashtirish hamda qurilish ishlarini amalga oshirish imkoniyatini o‘rganish maqsadida tuman Kadastr bo‘limiga okrug deputati tomonidan so‘rov yuborilishi belgilandi.

✅ Ushbu tashabbus mahallada bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda aholi uchun zamonaviy sport va dam olish infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi. Ushbu masala deputat tomonidan alohida nazoratga olinib, murojaatning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar davom ettiriladi.
Slide 1 of 11