Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🍃 Aholi muammolari o‘rganildi, yechimlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S. Lyu Isfara mahallasining Xurmozor Berk ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar tinglandi. Xususan, ko‘chada ichimlik suvi ta’minotining mavjud emasligi hamda elektr tarmog‘idagi kuchlanishning pastligi sababli qo‘shimcha transformator o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

✅ Aholi bilan ochiq muloqot — muammolar yechimining muhim omili!

Slide 1 of 3