Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
📍 Bunyodkor mahallasida kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar oʻrganildi
янв.21
📍 DOʻSTLIK MAHALLASIDA “ZAMONAVIY MAHALLA MARKAZI” LOYIHASI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI OʻRGANILDI
янв.21
📍 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA FUQAROLARGA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR OʻRGANILDI
янв.21
🏗 Mahalla obodligi yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari nazoratda
янв.21
Tinch va xavfsiz mahalla — barqaror taraqqiyot garovi!
янв.21
🔹 Hudud obodligi – aholi farovonligining muhim mezoni!
янв.21
📍 Aholi muammolari — doimiy e'tiborda
янв.21
📚 Yoshlar bilan ishlash – bugungi kunning ustuvor vazifasi!
янв.21
🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining VII chaqiriq 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
“Kunchiqish” mahallasida tadbirkorlik va bandlik masalalari o‘rganildi

“Kunchiqish” mahallasida tadbirkorlik va bandlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘ziga biriktirilgan 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A. Xolmo‘minov hududidagi “Kunchiqish” mahallasida mahalla hokim yordamchisi bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. Xususan, kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar – non ishlab chiqarish sexi hamda tikuvchilik sexi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur sexlarda amalga oshirilayotgan ish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari va aholining bandligini ta’minlashdagi hissasi o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev

Slide 1 of 4