Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?

📋 Davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan ayrim mansabdor shaxslar deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinishi uchun maxsus shartga rioya qilishlari kerak.
Bunday shaxslar jumlasiga:
⚖️ Sudyalar
👮 Prokuratura organlari xodimlari
🏛 Ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari
Asosiy shart: ⚠️
Ushbu shaxslar deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan nomzod sifatida ro‘yxatga olinadi.
Istisno: ✅
Viloyat, tuman va shahar hokimlari ushbu tartibdan mustasno.
🎯 Mazkur talab deputatlik faoliyati bilan ayrim davlat lavozimlarini bir vaqtda egallash bilan bog‘liq cheklovlarni tartibga solishga qaratilgan.