Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 21-Angor saylov okrugi deputati G.Baynazarova, O'rtovul MFY raisi va hokim yordamchisi bilan hamkorlikda O‘rtovul mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar, jumladan, bandlik, ijtimoiy yordam, mahalla infratuzilmasi hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

📃Murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni hal etish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Maqsad — fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2