Yangiliklar

🌿 MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

🌿 MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

📌 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, mahallalarda aholi bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

🔹 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati G. Xasanova mehnat ta’tilida bo‘lib, boshqa hududda bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafik asosida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli V. Doliyevaning faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

⚖️ Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish va teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash masalalari ham o‘rganildi.

📚 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

📋 O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosi, aholi bilan muloqot qilish, murojaatlarni o‘rganish va muammolarni aniqlash borasidagi faoliyatiga tegishli baho berildi.
🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan nazorat va o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1