Yangiliklar

Faoliyat o‘rganildi

Faoliyat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati I. Abdullaeva “Karomon” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning ijrosini ta'minlash, xususan, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini yaqindan o‘rgandi.

Tashrif doirasida “Karomon” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim Zuhra Jumaniyozovaning kunduzgi ishlari, fuqarolar bilan muloqot qilish tizimi hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand, nogironligi bor va doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar ro‘yxati shakllantirilgani, ularga manzilli va tezkor yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.