Yangiliklar

Mahalla ettiligi faoliyati o'rganil

Mahalla ettiligi faoliyati o'rganil

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati I. Abdullaeva “Karomon” mahallasida bo‘lib, mahalladagi islohotlar ijrosi, xususan, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligini o‘rgandi.

Jumladan, tashrif davomida “Karomon” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi Hurriyat Sobirovaning faoliyati yaqindan ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.