Yangiliklar

AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Do’stlik mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Amanov Baxtiyor Normatovich hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi hamkorlikda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha fikr almashildi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Aholi tomonidan yer va bino-inshootlar, infratuzilma, elektr energiyasi, gaz, suv, kadastr hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga xizmat qiladi.
📌 Xalq bilan muloqot — muammolarni hal etishning muhim omili.

Slide 1 of 3