Yangiliklar

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Sattarova Dinora Jumanazarovna Ko‘nazey mahallasiga tashrif buyurib, hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish masalalarini muhokama qildi. Tashrif davomida deputat mahalla faoli Z. Yusupovaning faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish borasida zarur amaliy-uslubiy tavsiyalar berdi. Mazkur uchrashuv hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

Slide 1 of 1