35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan Qo‘shchinor saylov okrugi hududidagi "Gʻalchasoy" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi S.Azimovning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni daromadli mehnat bilan ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning oilaviy tadbirkorlik tizimidan samarali foydalanishi, ularga amaliy va maslahat yordami ko‘rsatish, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlari olib borilishi hamda murojaatlar bilan ishlash holati muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholini bandlikka jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va davlat dasturlarining samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1