35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan Qo‘shchinor saylov okrugi hududidagi "Gʻalchasoy" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda mahalla hokim yordamchisi S.Azimov bilan birgalikda hudud ko‘chalari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi hamda aholini qiynab kelayotgan infratuzilma masalalari atroflicha o‘rganildi.

Xususan, Rudakiy ko‘chasining texnik holati talab darajasida emasligi, yo‘l qoplamasining eskirgani va ta’mirlash zarurligi aniqlandi. Mazkur holat fuqarolar tomonidan ham dolzarb muammo sifatida ko‘tarilib, yo‘lni ta’mirlash yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Aniqlangan muammo deputat tomonidan deputatlik daftariga qayd etildi hamda masalani ijobiy hal etish maqsadida vakolatli tashkilot nomiga deputatlik so‘rovi yuborish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, Rudakiy ko‘chasini ta’mirlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi yuzasidan ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1