35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan "Gʻalchasoy" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inida ish yuritish holati, rasmiy hujjatlarni yuritishda davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi hamda hujjatlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi tahlil qilindi.

Xususan, mahalla "yettiligi" tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, xizmat yozishmalari, ichki hujjatlar hamda axborot materiallarining davlat tilida va amaldagi imlo qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, rasmiy hujjatlar sifatini yanada oshirish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini amaliyotda to‘liq qo‘llash hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Mazkur o‘rganish davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda mahallalarda ish yuritish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4