Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Navoiy shahridagi avtobus bekatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Navoiy shahridagi avtobus bekatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirovlar tomonidan Navoiy shahri hududidagi jamoat transporti avtobus bekatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida avtobus bekatlarining sanitariya-gigiyena holati, texnik sozligi, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar, axborot lavhalarining mavjudligi hamda obodonlashtirish ishlari holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Mavjud muammolarni qisqa muddatlarda hal etish hamda jamoat transporti infratuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilab olindi.

Mazkur o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish hamda shaharning obod qiyofasini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kelgusida ham bu kabi monitoring tadbirlari izchil davom ettirilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib boriladi.

Slide 1 of 5