Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi

Bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati D.Xoliqova “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–996-son, 2024-yil 14-noyabr) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida “Qorasuv” mahallasidagi 10-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazoratini amalga oshirdi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan asrash, xavfsiz ta’lim-tarbiya muhitini yaratish, pedagog xodimlar tomonidan qonun talablariga rioya etilishi hamda profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash, ota-onalar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari hamda murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganilib, qonun talablarini to‘liq va samarali ijro etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Joylarda qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda bolalarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7