Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ichki ishlar organlari faoliyatida qonun ijrosi o‘rganildi

Ichki ishlar organlari faoliyatida qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Ch.Alimov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev deputatning biriktirilgan tashkiloti bilan ishlash rejasi doirasida Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida deputat Ch.Alimovga biriktirilgan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–407-son, 2016-yil 16-sentabr) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida qonun talablarining amaldagi ijrosi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash hamda ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi va ularning axboroti tinglandi.

Shuningdek, savolnomada ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Joylarda qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati hamda deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4