Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Obod xonadon — munosib hayot mezoni: "Jo‘yjangal" mahallasida navbatdagi o‘rganishlar
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurovlar navbatdagi o‘rganishlarni Kengash deputati G.Xudaykulova saylov okrugiga qarashli “Jo‘yjangal” mahallasida davom ettirdilar.

Mas’ullar ushbu mahallada yashovchi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori asosida uy-joyi ta’mirlanayotgan fuqaro B.Tursunov xonadonida bo‘lib, olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan:

Uy-joyning bugungi kundagi umumiy holati va xonadonda oila a’zolari uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi;

Shu kunga qadar amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining sifati hamda belgilangan talablarga javob berishi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida mas'ullar tomonidan quruvchi va pudratchi tashkilot vakillariga ta’mirlash ishlarini yuqori sifatda bajarish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va qat'iy ko‘rsatmalar berildi.

Inson qadrini ulug‘lash va har bir oilaga munosib turmush sharoiti yaratish yo‘lidagi tizimli ishlar hamda deputatlik nazorati izchil davom etadi!
Slide 1 of 3