Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Obodlik — har bir xonadonda: "jo‘yjangal" mahallasidagi ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichda
Mas’ullar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori asosida uy-joyi ta’mirlab berilgan fuqaro D.Karimovaning xonadoniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida deputatlar bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini har tomonlama tahlil qildilar:

Sifat nazorati: Devorlarning pardozlanishi, sifatli eshik va romlarning o‘rnatilishi;
Qulayliklar: Xonadonda yashash uchun yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar darajasi;
Muhandislik va loyiha: Pudratchi tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va qurilish me’yorlariga mosligi.

"Kengash qarorlari bilan ajratilgan har bir so‘m mablag‘ oilalar turmush sharoitini haqiqatda yaxshilashi, ularning yashash tarzini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishi shart!" — dedi Kengash raisi D.Normuradova.

Deputatlar mazkur xonadondagi ishlarni to‘liq qoniqarli deb topish bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning uy-joy masalalari to‘liq hal etilguniga qadar nazoratni qat’iy davom ettirishlarini ta’kidladilar.
Slide 1 of 2