Tuman markazida "Porloq yulduzchalar" ONTT yana faoliyatini boshladi.
Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar ortidan tumandagi "Porloq yulduzchalar" ONTT yana faoliyatini boshladi. Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan 2-sektor hududida joylashgan "Porloq yulduzchalar" ONTTda 10 nafar xotin qizlar kasbga o‘qitilib ularning barchasi ishga joylashishi 4 tomonlama shartnoma asosida kafolatlandi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimligi matbuot xizmati kotibi R.Qodirova mazkur jarayonlarni uzluksiz ommaviy axborot vositalarida yoritish va u yerda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o'rgandi.