Xalq deputatlari Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashiga 8-Yangiqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat Qo‘ldashev Shukurullo tomonidan Buyuk Zamin MFY hududida “Mahalla yettiligi” birga amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
MA’LUMOT
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4-apreldagi PF-59-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla yettiligi bilan birgalikda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, chet davlatida yurgan hamda chet davlatlarida ishlash xohishi bor fuqarolarni to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijasida jami 74 nafar mehnat migradsiyasida bo‘lgan fuqarolar aniqlandi. Shundan 6 nafar fuqaro hozirgi kunda mehnat migratsiyasidan kaytib kelgan, 2 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlarni rivolantirish uchun kredit ajratilgan, 1 nafar fuqaroga 15 sotixlik dehqonchilik hujaligi uchun yer ajratilib berilgan 3 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga joylashtirilgan.
2.Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatalari mahalliy Kengash deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi ” bilan uzaro hamkorligi bo`yicha Buyuk zamin MFY hududidan saylangan deputat bilan birgalikda mahalladagi ijtimoiy iqtisodiy masala va muammolar o`rganilmoqda. Har xaftada kamida bir marotaba masala va muammolar joyiga chiqib o`rganilgan holda deputat bilan birgalikda urganib kelinmoqda hamda tuman ,viloyat, respublika miqiyosidagi gruhlarga ajratilmoqda. Aksariyat muammolar tuman miqiyosida hal etilib kelinmoqda. 2023-yilda Buyuk zamin MFY o`ramida joylashgan 2,74 km masofadagi asosiy yo`llar PQ 408-qarori asosida to`liq asfal yotkizildi. Buyuk zamin MFY hududidagi 10 dona yaroqsiz yog`och stolbalar yangi beton stolbalarga almashtirildi.
3. Hozirgi kunda MFY hududida joylashgan 4,5 km ichki yo`llarni yangi asfalt qilish, jami 40 ta yaroqsiz yog`och stolbalarni yangi beton
stolbalarga almashtirish, mahalla hududiga yuqori 600 kv.t lik yangi 2ta transformator o`rnatish, 5 km. Elektr simlarini sib kabelga almashtirish muammolari mavjud bo`lib turibdi. MFY shahar hududida joylashganligi sababli suv, elektr, gaz muammolari mavjud emas.
4.Mahallada xotin-qizlarni ko`llab quvvatlash bo`yicha bir qancha amalliy ishlar olib borilmoqda. MFYda 2024-yil 1-yanvar holatiga jami
ayollar daftariga 78 ta fuqaro kiritilgan. Oilaviy tadbirkorlini yo`lga qo`yish maqsadi bo`lgan 3 nafar fuqaroga kredit mablagi ajratilib ,tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`ydi. 1nafar fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinasi yetkazib berildi. Nogironligi bor, boquvchisini yo`qotgan, farzandi nogiron ayollarga jamgarmalar hisobidan 1 marotabalik moddiy yordam ajratilishi ko`zda tutuilgan. Ayollarni gendr tengligini taminlash bo`yicha tuman vakillari hamda “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda har oy turli hil tadbirlar va yigilishlar o`tkazilib fuqarolarga tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda
.