"Xotira bor ekan millat barhayot"
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Jasorat millat g‘ururi va iftixori" shiori ostida Uchquduq tuman sport maktabi direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Salimov Umrbek Toirovich faxriylar xonadonida bo'ldi. Do‘stlik MFY hududidagi Bo‘ston ko‘chasi 24-uyda yashovchi keksa mehnat faxriysi Ayshagul Pirmanovani bayram bilan tabriklab holidan xabar olindi.