Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Samarqand shahar Kengashi deputatlari Abbos Hazratqulov va G‘aybullayev Fazliddin saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi

Samarqand shahar Kengashi deputatlari Abbos Hazratqulov va G‘aybullayev Fazliddin saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi

📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatilari Abbos Hazratqulov va Fazliddin G‘aybullayev shahardagi Nurli yo‘l mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazib, hudud aholisini qiynayotgan dolzarb muammolarni joyida o‘rgandi.

📌 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. Xususan, yo‘l qurilishi va kommunal sohalarga oid masalalar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, noqulay ob-havo va yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan hamda zudlik bilan bartaraf etishni talab qilayotgan muammolar yuzasidan tegishli choralar belgilash maqsadida mas’ul tashkilotlar vakillari bilan joyida uchrashuvlar o‘tkazildi.

📌 Deputatlar tomonidan aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ularning ijrosi deputatlik so‘rovlari orqali nazoratga olindi. Mazkur uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.