Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
🏛 MTT faoliyati va qish mavsumiga tayyorgarlik joyida o‘rganildi

🏛 MTT faoliyati va qish mavsumiga tayyorgarlik joyida o‘rganildi

Samarqad shahar Xo‘jasoat mahallasida joylashgan 106-sonli MTT faoliyati va qish mavsumiga tayyorgarlik joyida o‘rganish maqsadida bordik. Muassasaning kundalik faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ovqatlanish va sanitariya holati, shuningdek, issiqlik tizimining ishlash holati bilan batafsil tanishdim.

Muassasaning qish mavsumiga tayyorgarligi doirasida isitish tizimining barqaror ishlashi, xonalarni yetarli darajada isitilishi, deraza va eshiklarning holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha muassasa rahbariyati va tegishli tashkilotlar vakillariga zarur tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Ushbu masalalar deputatlik nazoratiga olinadi.

Bolajonlarimizning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiya olishi, ta’lim muassasalarida sharoitlarning yaxshilanishi doimo e’tibor markazida bo‘lib qoladi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Rahmonova Gulbahor Shermamatovna

Slide 1 of 1