Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hisoboti tinglandi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyatga jalb etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq qabulxonalari faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha muhokama qilindi
Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hisoboti tinglandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 30-sessiyasida shahar IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘rilgan tezkor-profilaktik choralar natijasida umumiy jinoyatlar soni 1 073 tadan 1 035 taga, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 538 tadan 371 taga, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar esa 71 tadan 70 taga kamaygan. Shu bilan birga, aniqlangan jinoyatlar soni 464 tadan 594 taga oshgani qayd etildi.

Jamoat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida shaharning kirish-chiqish joylari, mahallalar va turli obyektlarga davlat raqamlarini aniqlovchi qurilmalar hamda kuzatuv kameralari o‘rnatilib, “Qalqon” dasturiga integratsiya qilindi. Shuningdek, “Xavfsiz bot” va “Stopnarko” kabi loyihalar joriy etilib, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan “Fidokor yoshlar” patrullik guruhlari va “Qo‘qon tajribasi” dasturi ishlab chiqildi.

️Qo‘riqlash tizimini kuchaytirish doirasida 938 ta xonadon va 78 ta obyekt texnik qo‘riqlovga olindi. Ko‘p qavatli uylar, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xavfsizlikni oshirish maqsadida favqulodda chaqiruv (SOS) tugmalari o‘rnatildi.

Hisobotda huquqbuzarliklar profilaktikasi natijalari ham ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, 9 oy davomida profilaktika inspektorlari tomonidan 19 919 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 898 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan. Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Sessiya yakunida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mas’ul idoralar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8