Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hisoboti tinglandi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyatga jalb etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq qabulxonalari faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha muhokama qilindi
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining o‘ttizinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli va PQ-111-sonli qarorlari ijrosi hamda 2026-yilning 9 oyi mobaynida shaharda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan shahar prokurori A. Nazarovning axboroti tinglanib, jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi natijalar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, amalga oshirilgan manzilli choralar natijasida shaharda umumiy jinoyatlar soni 3,5 foizga — 1 073 tadan 1 035 taga kamaygan. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni esa 31 foizga, ya’ni 538 tadan 371 taga qisqargan. Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar sonida ham 1,4 foizlik kamayish kuzatilgan. Shu bilan birga, mahallalar hududida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni 202 ta darajasida saqlanib qolgan. Bu esa jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bir qatorda, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

️Mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar ham atroflicha tahlil qilindi. Qayd etilishicha, avval “og‘ir” toifadagi 6 ta mahallada vaziyat barqarorlashgan, 2 ta mahalla “yashil”, 6 tasi “sariq” toifaga o‘tkazilgan, yana 2 ta mahalla esa inqirozli holatdan chiqarilgan. Bugungi kunda shahardagi 68 ta mahallaning 48 tasi (70,6 foizi) “yashil”, 19 tasi (27,9 foizi) “sariq” va 1 tasi (1,5 foizi) “qizil” toifada qayd etilmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar har bir mahallada mavjud vaziyatni muntazam o‘rganish, xavf omillarini erta aniqlash va manzilli profilaktika tadbirlarini izchil davom ettirish muhimligini ko‘rsatadi.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida shaharda kuzatuv hamda ogohlantirish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, hududlarda 313 ta kuzatuv kamerasi va 1 530 ta xonadonda signalizatsiya tizimlari o‘rnatilgan. Shuningdek, shaharda 64 ta “Namunaviy xavfsiz ko‘cha” va 126 ta “Namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil etilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarilgani ta’kidlandi. Mazkur chora-tadbirlar ko‘chalarda va aholi yashash hududlarida xavfsizlikni kuchaytirish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6