Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hisoboti tinglandi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyatga jalb etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq qabulxonalari faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha muhokama qilindi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

22-oktabr kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Kengash raisi O‘.Tojiyeva xizmat safarida bo‘lganligi sababli sessiyaga Kengash deputati Sh.Dehqonov raislik qildi. Sessiya kun tartibidan shahar hayotining turli yo‘nalishlariga oid navbatdagi muhim masalalar o‘rin oldi.

Dastlab “Xalq qabulxonalari” faoliyati bilan bog‘liq qarorlar ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Muhokamalar davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni hal etish va fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, shaharda kriminogen vaziyatni yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar prokurori va shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining axborotlari ko‘rib chiqildi. Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasidagi ishlarning ahamiyati ta’kidlandi.

Sessiyada ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Qo‘qon shahrida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Mazkur masala ehtiyojmand fuqarolar bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar ajratish hamda ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilishga oid Prezident qarorlarining shahardagi ijrosi ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar ijtimoiy obyektlarning infratuzilmasini yaxshilash va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Kun tartibida shahar infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Soya-salqin sayr ko‘chasi”ni barpo etish to‘g‘risidagi qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasi muhokama qilindi. Mazkur tashabbus shahar hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6