Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hisoboti tinglandi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyatga jalb etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq qabulxonalari faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha muhokama qilindi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
🏫 TA’LIM SIFATI VA MAKTABLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA


📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

👥 Navbatdagi o‘rganish manzili — 43-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Ishchi guruhi tomonidan ta’lim muassasasidagi mavjud holat, ta’lim sifati va samaradorligi, o‘quvchilar davomati hamda tegishli qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi.

📚 O‘rganish jarayonida maktab ma’muriyati va pedagogik jamoa bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarida muntazam ishtirokini ta’minlash, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish hamda o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari, bino va xonalarning holati, mavjud infratuzilma hamda ta’lim muassasasining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

📝 O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yaxshilash va ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Asosiy maqsad — ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar davomati va intizomini mustahkamlash, maktablarda qulay ta’lim muhitini yaratish hamda kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting! 👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4