Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hisoboti tinglandi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyatga jalb etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq qabulxonalari faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha muhokama qilindi
DEPUTATLAR TAŞABBUSI - 81-MAKTABDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ BÖYIÇA YANGI IMKONIYATLAR YARATILDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa

DEPUTATLAR TAŞABBUSI - 81-MAKTABDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ BÖYIÇA YANGI IMKONIYATLAR YARATILDI

🧠 Uçtepa tumanidagi 81-sonli umumta’lim maktabida Özbekiston davlat jahon tillari universitetining “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan” taşabbusi doirasida Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazi tantanali ravişda oçildi. Mazkur taşabbus maktab öquvçilarining xorijiy tillarni çuqur örganişi, bilim va salohiyatini oşiriş hamda zamonaviy ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanişiga xizmat qiladi.

🇺🇿 Uşbu ezgu taşabbusni amalga oşirişda xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining "7-Beşqayrağoç" okrugi deputati, 81-sonli umumta’lim maktabi direktori Ziyoda Xaydarova hamda "19-Farhod" okrugi deputati, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilhomjon Tuxtasinovning hamkorligi muhim örin tutdi. Tomonlar özaro anglaşuv memorandumini imzolab, maktab va universitet örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş hamda xorijiy tillarni öqitiş markazi faoliyatini yölga qöyiş işlarini boşladilar.

📈 Markazning oçiliş marosimida universitet vakillari va maktab jamoasi iştirok etib, zamonaviy öquv xonasi bilan tanişdilar. Şuningdek, universitet tomonidan maktabga xalqaro öquv adabiyotlari va öquv qöllanmalari töplami sovğa qilindi. Uşbu adabiyotlar öquvçilarning til örganiş jarayonini yanada mazmunli taşkil etiş va ularning bilimlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

✅ Yangi markazda öquvçilarning xorijiy tillardagi bilimlarini çuqurlaştiriş, oğzaki va yozma muloqot könikmalarini rivojlantiriş, xalqaro ta’lim resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga alohida e’tibor qaratiladi. Maktab va universitet örtasidagi hamkorlik esa öquvçilarning kelgusida oliy ta’lim muassasalariga kirişi va xalqaro miqyosdagi imkoniyatlardan foydalanişi uçun mustahkam zamin yaratadi.

💹 Deputatlar taşabbusi asosida yölga qöyilgan uşbu hamkorlik ta’lim sifatini oşiriş, yoşlarning intellektual salohiyatini rivojlantiriş va ularni zamonaviy bilimlarni egallaşga rağbatlantiriş yölidagi muhim qadamlardan biridir. Bunday loyihalar maktab va oliy ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş bilan birga, yoşlar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.

Slide 1 of 7