Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputati O. Bozorov tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘cha o‘rganishlari olib borilgan edi.
O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan yer maydonlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda aholi uchun yanada qulay va shinam muhit yaratish maqsadida 50 tup pavloniya daraxti ekish taklifi ilgari surildi.
Mazkur taklifni amalga oshirish doirasida deputat O.Bozorov tomonidan 50 tup pavloniya ko‘chati yetkazib berildi va ko‘chatlar “Yashil makon” loyihasi doirasida ekildi.
Ushbu tashabbus mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi