Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-«Yangi Chorsu» saylov okrugidan saylangan deputati M. Yunusov tomonidan «Yangi Chorsu» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Norbutabek ko‘chasi, 10-uyda istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaro D.Aminova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan 20 million so‘mlik qurilish materiallari olib berilgan. Mazkur yordam xonadonda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

O‘rganishlar davomida aholining ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ajratilayotgan yordamning fuqarolar turmush sharoitini yaxshilashdagi ahamiyatini o‘rganishga alohida e’tibor berilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5