Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI

#162_ta_eng_muhim_qonun #deputatlik_nazorati_Uchtepa

ÖRIKZOR SAVDO KOMPLEKSIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TALABLARI IJROSI ÖRGANILDI

🗂 Özbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevraldagi ÖRQ-1023-sonli “Oziq-ovqat xavfsizligi töğrisida”gi Qonuni ijrosini örganiş maqsadida deputatlar Abdullayeva Kimyo Adilovna hamda Malikova Saodat Tolipovna tomonidan Örikzor savdo kompleksida örganiş işlari olib borildi.

🔎 Örganiş davomida aholi iste’moli uçun zarur bölgan oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi, sifati va xavfsizligi, şuningdek, savdo rastalarida mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiq saqlanişi hamda sotilişiga alohida e’tibor qaratildi.

🤔 Xususan, qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, ösimlik yoği, şakar, makaron va dukkakli mahsulotlarning mavjudligi, sifati hamda laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazilişi bilan boğliq jarayonlar örganildi. Şuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-keçak savdosi bilan boğliq masalalar ham közdan keçirildi.

Örganişdan asosiy maqsad — aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaş, mahsulotlar yetarliligini nazorat qiliş hamda iste’molçilar salomatligini muhofaza qilişdan iborat.

📈 Mazkur yönalişdagi işlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, savdo faoliyatida qonunçilik talablariga rioya etilişini örganiş va aholi manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6