Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
#Biriktirilgan_tashkilot #Kunlik_ish_reja_ijrosi #DeputatFaoliyati #Ekspert_guruhi

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish va infratuzilma ishlari ustidan tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 3-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Turopova Dilbar Toji qizining saylov okrugi hududidagi “Mustaqillik 10-yilligi” mahallasida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi I.Roziqov qatnashdilar.

🏫 O‘rganish davomida: Deputatlar va ekspert guruhi a’zolari ta’lim muassasasining qurilish va obodonlashtirish holati, o‘quv xonalari va yo‘laklardagi shart-sharoitlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar hamda muassasa binosining umumiy infratuzilmasini bevosita ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, maktab binosida energiya tejamkor quyosh panellari o‘rnatilganligi, hududning obodonlashtirilgani va ta’lim jarayoni uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani ta’kidlanib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7