Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #aholi_murojaati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining kunlik ish rejasiga muvofiq, 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat Xurram Ziyatovich Xo‘jaqulov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A. Esanovlar tomonidan “Olmazor” mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlari va hudud infratuzilmasi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida maxsus savolnoma hamda Oliy Majlis Senatining 24 ta muhim tavsiyasi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Muloqot va ko‘zdan kechirish jarayonida mahalla ko‘chalaridagi mavjud elektr simyog‘ochlarining ma’nan eskirganligi va infratuzilma bilan bog‘liq boshqa masalalar bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, xususan, eskirgan ustunlarni yangilash hamda hudud sharoitini yaxshilash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3