Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-"Yangi Chorsu" saylov okrugidan saylangan deputati M.Yunusov tomonidan “Yangi Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Chankatlik ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘chada oqava suv tizimlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlarning borishi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda mavjud muammolar yuzasidan holat o‘rganildi.

️O‘rganish jarayonida oqava suv tizimlarini yangilash bo‘yicha ta’mirlash ishlari kechikayotgani aniqlandi. Bu holat ishlarni o‘z vaqtida yakunlash, hududdagi infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni hal etish va aholi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatdi.

Aniqlangan holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi. Shuningdek, mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar holatini kuzatib borish va muammoning yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish rejalashtirildi.

️Deputat tomonidan olib borilgan o‘rganishning asosiy maqsadi — oqava suv tizimlarini yangilash ishlaridagi kechikish sabablarini aniqlashtirish, mas’ul tashkilotlar e’tiborini mavjud muammoga qaratish va ishlarning o‘z vaqtida bajarilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4