Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
PERINATAL MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarining zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlanishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil olib borilmoqda.

Ana shunday o‘rganishlardan biri 3-Guliston saylov okrugidagi deputat S.Azizovga biriktirilgan Marg‘ilon shahar tumanlararo perinatal markazida tashkil etildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida markaz rahbari F.Ahmadjonova bilan suhbat o‘tkazilib, muassasada bemorlarni, xususan, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish hamda dori-darmon vositalari bilan bepul ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Markaz rahbari tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning so‘nggi uch oyi uchun dori-darmon vositalarini xarid qilishga 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan. O‘rganish jarayonida ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, zarur dori vositalarining mavjudligi va bemorlarga belgilangan tartibda bepul taqdim etilishi yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Slide 1 of 4