Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
4-sonli texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari N.Nasimov tomonidan 4-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazishga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, o‘quv binolarining mavsumga tayyorligi, isitish tizimlarining holati, xonalar va boshqa yordamchi inshootlarda zarur sharoitlarni yaratish, shuningdek, mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay, xavfsiz hamda sanitariya-gigiyena talablariga mos sharoitlarni yaratish, sovuq kunlarda o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, isitish tizimlaridan samarali foydalanish, energiya resurslarini tejash hamda binolarda issiqlikni saqlash choralariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirilib, mavjud ehtiyojlarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, mas’ul xodimlarning vazifalarini aniq belgilash va zarur tayyorgarlik choralarini oldindan ko‘rish muhimligi qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha 4-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari to‘liq amalga oshirilgani aniqlandi. Muassasaning isitish tizimi ishga shay holatga keltirilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini kuz-qish mavsumida barqaror davom ettirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9