Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Q. Shajanov tomonidan Yangiariq tumanidagi Sherobod mahallasida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

 Mahalla haqida qisqacha ma’lumot:

Aholi soni — 3 485 nafar;

Xonadonlar soni — 745 ta;

Oilalar soni — 1 426 ta;

Yil boshida ishsiz fuqarolar soni — 94 nafar;

Yil boshida kambag‘al oilalar soni — 40 ta.

 Tadbirkorlik va oilalarni qo‘llab-quvvatlash

Joriy yil boshidan buyon oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 600 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. Davlat ta’minotidagi oilalarga esa 62 million so‘m foizsiz kredit berilgan.

Shuningdek, mahalladagi bo‘sh turgan yer maydonlari K-savdo platformasi orqali ijaraga chiqarilib, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga berish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish choralari ko‘rilgan.

 Bugungi kunda mahallada 20 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.

 Deputatlik o‘rganishida aholi bandligini oshirish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

 Aholi farovonligi, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri. 

Slide 1 of 4