Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
🏢 AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘P QAVATLI UYLARDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 22-Mexrjon saylov okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich faoliyat yuritayotgan “Kichik Xirmontepa” mahallasida aholi murojaatlari asosida ko‘p qavatli uylarning mavjud muammolarini bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahalladagi ko‘p qavatli uylarning yo‘laklarini ta’mirlash, tom qismlarini tiklash va foydalanish holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

“Makskurlider” boshqaruv servis kompaniyasi ustalari tomonidan mahalla hududidagi 24-, 108- va 16-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismlarida ta’mirlash ishlari bajarilib, chakki o‘tish muammosini bartaraf etish hamda tom qoplamalarini yangilash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, 28-sonli ko‘p qavatli uyning ikkinchi yo‘lagida mukammal ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Slide 1 of 8