Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hisoboti tinglandi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyatga jalb etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq qabulxonalari faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha muhokama qilindi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_qonun
#24_ta_masala

Xo'jayipok mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Jumladan, deputatlarga biriktirilgan qonunlar taqsimoti doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani deputat M.Omonullayev hamda kotibiyat xodimi E.Eshonqulov tumandagi “Xo'jayipok” mahallasiga tashrif buyurib, hududda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbalarini yaratish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlaridan foydalanish holati tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1