Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qo‘qon shahar IIB boshlig‘ining jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hisoboti tinglandi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyatga jalb etish ishlari o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik faoliyatini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlarini legallashtirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganildi
янв.21
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq qabulxonalari faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha muhokama qilindi
🏛 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich raisligida sessiya ishi olib borildi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hayotiga oid muhim masalalar muhokama qilinib, tegishli hisobot va axborotlar tinglandi.

📌 Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
🔹 Aholi murojaatlari bilan ishlash — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxiatosh tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yil 3-choragida amalga oshirilgan ishlar.

🔹 Jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklar profilaktikasi — Prezidentning PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi, jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman prokurori A. Kipshakbaev va tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Ismailovning hisobotlari.

🔹 Mahalliy budjet masalalari — budjetning 2-chorakda ortiqcha bajarilgan qismi, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hamda maqbullashtirilgan mablag‘larni ish haqi xarajatlariga yo‘naltirish.

🔹 Tashkiliy va huquqiy masalalar — tuman hokimining farmoyishini tasdiqlash, Kengashning avvalgi qarorlariga o‘zgartirish kiritish hamda hokimlikda ijro intizomiga rioya etilishi holati.

🔹 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar — Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasining 2026-yil 3-choragida ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, oila, maktab va mahalla hamkorligini rivojlantirish borasidagi faoliyati.

🔹 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi.

🔹 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish dasturi ijrosi yuzasidan “Issiqlik tarmoqlari” MChJ rahbari T. Xojanov, tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari T. Jamalov va tuman gaz tarmoqlari korxonasi rahbari S. Qutlimuratovning hisobotlari.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar tuman budjeti, aholi murojaatlari, jamoat xavfsizligi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kommunal sohalar faoliyati kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Slide 1 of 2