#Ish_reja_ijrosi
📚 Maktabdagi sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan 12-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari hamda o‘quvchilarning dars jarayonidagi imkoniyatlari bilan tanishildi.
🔹 Maktabda o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish, mavjud masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🎓 Yosh avlodning sifatli ta’lim olishi va har tomonlama rivojlanishi — doimiy e’tiborda.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram