Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Kengash_faoliyati

#_DEPUTATLIK_NAZORATI
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tangimush oilaviy shifokorlik punktida bepul dori ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatish holati tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish, ehtiyojmand va dispanser nazoratidagi fuqarolarni davlat hisobidan bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda sohaga oid me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida izchil deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati X.Salomov tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Tangimush oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

Tashrif davomida Sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 13-oktabrdagi 41-sonli buyrug‘iga asosan davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan ambulator tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida 87 turdagi bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning saqlanishi va bemorlarga manzilli tarqatilishi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy xodimlarning ehtiyojmand aholi qatlamiga ko‘rsatayotgan xizmatlari tahlil etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tibbiyot mutasaddilariga tegishli vazifa va tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 1