Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 7-“Qipchoqariq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Nazarova tomonidan “Vaqf chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori asosida uy-joylarini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilgan fuqarolar xonadonlarida mazkur qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Vaqf chorsu” MFY, Iftixor ko'chasi 16 uy da yashoychi fuqaro E.Samiyev xonadonida olib borilgan “yashil ta’mirlash” ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xonadonda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining sifati, foydalanilgan qurilish materiallarining holati, bajarilgan ishlarning belgilangan talablar va muddatlarga muvofiqligi, shuningdek, fuqaro uchun yaratilayotgan yashash sharoitlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’mirlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar, ishlarni sifatli yakunlash va ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5