Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan fuqaroning murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazidan rasmiy javob kelib tushdi.

Murojaatda “Parpashabof” MFY, Devonbegi ko‘chasi 34-uyda yashovchi fuqaro Bo‘ybosheva Sharifa tomonidan yashash sharoitini yaxshilash, uy-joyini ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qilingan.

Mazkur murojaat yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan xonadon o‘rganilib, fuqaroning yashash sharoiti, oilaviy holati hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko‘rib chiqilgan.

O‘rganish davomida fuqaroning xonadonida doimiy istiqomat qilayotganligi, yashash sharoiti va oilaviy holatiga oid ma’lumotlar o‘rganilgan.

Rasmiy javobda fuqaro “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliy yordam olgani qayd etilgan. Jumladan, 2026-yil 20-yanvar kuni 2 060 000 so‘m miqdorida kommunal qarzdorligi qoplab berilgan, shuningdek, 2026-yil 28-aprel kuni 2 060 000 so‘m miqdorida kiyim-kechak xarid qilish maqsadida mablag' ajratilgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, uy-joyni ta’mirlash masalasi bo‘yicha murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, uy-joyni ta’mirlash bilan bog‘liq ayrim ijtimoiy yordamlarni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar va shartlar bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.

Rasmiy javobda fuqaroning “Ayollar daftari”ga kiritilganligi hamda mazkur tizim orqali uy-joyini ta’mirlash masalasida qayd etilgani bildirilgan.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati tegishli tartibda o‘rganilib, unga amaliy yordam ko‘rsatilgan hamda uy-joyini ta’mirlash masalasini hal etish bo‘yicha tegishli tartib va imkoniyatlar tushuntirilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi