Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Parpashabof ko‘chasi, “Obod yurt” ko‘chasi 5-uyda joylashgan xonadonni ta’mirlash masalasi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirok etib, Rizayevlar oilasining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Xonadon egasi bilan suhbat davomida uy-joyning mavjud holati, ta’mirlash ishlari uchun zarur ehtiyojlar hamda ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ta’mirlash ishlari, ustuvor vazifalar va ajratiladigan mablag‘larni xonadonning eng zarur ehtiyojlariga yo‘naltirish yuzasidan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi