#EKSPERTLAR_GURUHI
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashida ekspertlar guruhining navbatdagi yig‘ilish bo‘ldi
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Kamalov raisligida amaliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar Kengashi deputatlari, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi raisi, Uy-joy va qurilish bo‘limi mas’ullari hamda ekspertlar guruhi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori hamda ushbu hujjat ijrosiga bag‘ishlangan shahar Kengashi qarorining bajarilish holatini o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash va belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan shahardagi bir qator mahallalarda tegishli ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi
✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz